Sharaf Kodeksi

Albison Sharaf Kodeksi

Bir talabani noldan o'qitib toki uni dasturchi qilib tayyorlash va ish bilan ta'minlash uchun har bir talabaga Albison IT kompaniyasi o'rtacha 2000$ sarflaydi. Nimaga aynan 2000$? Pastda batafsil*

Albison Akademyasi tomonidan taqdim etilgan kurs yurtimizda yagona ekanligini sababli qonunchiligimizga zid kelmaydigan qoidalar asosida ta'lim berib, dasturlashni o'rganishni boshlagandan dasturchi bo'lib ish topishgacha bo'lgan Ushbu kodeks Albison Akademyasi va bilim olmoqchi bo'lgan talabalarni haq-huqlarini himoya qilish uchun yaratilgan. Chet elda "Honor Code" - "Sharaf kodeksi" deb ataladigan tizimni milliy modulini ishlab chiqishning asosiy maqsadi yurtimizda ishonch asosida ta'lim berish va uni nazorat qilish bo'yicha tamoyillarni ommaga taqdim etishdan iborat. Albison oʻquv materiallarining barcha foydalanuvchilardan Albison taʼlim tajribasidan kelib chiqqan holda, ta'lim sifatini taʼminlash uchun quyidagi standartlarga rioya qilishlari shart. Barcha talabalar Albison kurslaridan foydalanish shartlari va har qanday xulq-atvor qoidalari, shu bilan birga Albison Akademyasi tomonidan shaklantirilgan dastur asosida ta'lim olishi va tashkilot tomonidan tuzilgan qonun-qoidalarga amal qilishi talab etiladi. Ta'lim olish mobaynida noto'g'ri xatti-harakatlar va qoidalarga amal qilmaslik Albison taqdim etayotgan ta'lim sifatiga ta'siri sababli talaba kursdan chetlatilishi mumkin.

Sharaf kodeksi tinglovchilarning yoshi, ta'lim olish salohiyati va yashash muhitidan kelib chiqqan holda o'zlariga tegishli ravishda quyidagi bo'limlardan tashkil topgan.

Hurmatli ota-onalar dasturlash bu kompyuter oldida o'yin o'ynab o'tirish emas, balki aql idrokni ishlatib, kerak bo'lsa bir kichik masalaga yechim topish uchun soatlab vaqt sarflash va tinimsiz bilim olishdan iborat. Voyaga yetmagan tinglovchilar ularning ota-onalari yoki o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan roziligi va sharaf kodeksi bilan to'liq tanishib chiqqanlaridan so'ng ta'lim olishlari mumkin:

12 yoshgacha bo'lgan tinglovchilar
Albison Akademyasi bu yoshdagi tinglovchilarni dasturlash kurslariga qabul qilmaydi. Ota-onalarga farzandi ingliz tili va matematikani mustahkam o'rganishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishlarini tavsiya etamiz.

12- 18 yoshgacha bo'lgan tinglovchilar
Albison Akademyasi bu yoshdagi tinglovchilarni shartli ravishda dasturlash kurslariga qabul qilishimiz mumkin. Bu yoshda miyaning kognitiv tizimini rivojlantirish o'ta muhim. Farzandingiz ingliz tilini mukammal o'rganishi nafaqat keyinchalik dasturlash kasbini tezroq egallashiga sabab bo'ladi, balki dunyo qarashi ham kengayib dasturlashni o'zi uchun kerak yoki kerak emasligini aniqlab oladi. Eng muhimi o'zi nima o'rganayotgani va nima uchun o'rganayotganini anglab yetadi. Demak ingliz tili yuqori darajada biladigan tinglovchilar dasturlashni tezroq agar mantiqiy fikrlashi ham kuchli bo'lsa dasturlashni mukammal o'rgana oladi.

Yuqoridagi tavsiyalarimiz sizga maqul kelmasa farzandingizni boshqa dasturlash kurslariga yo'naltirishingiz mumkin. Lekin hech qachon farzandizni o'zi xohlamagan va qiziqmagan sohani o'rganishga majburlamang.


28 yoshdan katta bo'lgan tinglovchilar
Ko'p hollarda bu yoshdagi tinglovchilarning asosiy ishi bo'ladi va dasturlashni ikkinchi darajadagi soha sifatida ko'radilar. Shu sababdan tinglovchilar dasturlashni o'rganish uchun har kuni kamida besh soatdan ajrata olmaganliklari sababli biz dasturlash kurslarimizga qabul qila olmaymiz.

18-28 yoshgacha bo'lgan tinglovchilar.
Bu yoshdagi tinglovchilar bizning potensial talabalarimiz hisoblanib, dasturlash kurslarini o'rganishlari uchun Albison Akademyasi tomonidan shartlar belgilangan. Dasturlash kurslarida ta'lim olish uchun tinglovchilar quyidagi shartlarni o'qib chiqib barcha shartlarga roziliklarini bildiradilar:


  1. Kursga ro'yxatdan o'tish: talaba grant asosida ta'lim olishi uchun Albison Akademiyasida ro'yxatdan o'tishi uchun bir martalik ro'yxatdan o'tish to'lovini amalga oshirishi shart. Bu to'lov xizmat ko'rsatish uchun to'lov hisoblanmaydi va barcha grant kurslar tinglovchilaridan oyma-oy to'lov talab qilinmasligi va shu bilan birga tinglovchi akademiya tomonidan belgilangan qonun-qoidalar asosida sifatli ta'lim olishini ta'minlaydi. Grant kurslardan kompaniya hech qanday moddiy foyda ko'rmasligi va tinglovchi tomonidan ro'yxatdan o'tish to'lovi dasturlash kursini to'liq yakunlashi va texnik suhbatdan muvafaqqiyatli o'tganidan so'ng tinglovchiga rag'batlantirish sifatida qaytarib berilishi mumkin. Aksariyat hollorda tinglovchilar dasturlashni o'rganishga beparvolik bilan qarab, Albison Akademyasitomonidan taqdim etilayotgan grant kurslarini suiisteʼmol qilishi ya'ni dasturlash kurslarini tugatmasdan kursni tashlab ketish, ustozlarga nisbatan hurmatsizlik qilish va berilgan vazifalarga jiddiy yondashmaslik kuzatilishi mumkin. Bu kabi holatlarda Albison Akademyasi tinglovchini kursdan chetlatish sababi bilan tanishtirgan holda kursdan chetlatadi.

  2. 2000$ lik dasturlash kursi: *qanday qilib Albison Akademyasi 2000$ lik kursni bepul taqdim etishi mumkin degan savol hammani qiziqtiradi. Grant kurslar hech davlat yoki nodavlat tashkiloti tomonidan moliyalashtirilmagan. Bundan tashqari jamoamizdagi har bir ustoz ixtiryoriy volontyorlik asosida ishlaydi. Aslida har bir dasturchining vaqti pul bilan o'lchanib, har bir dars o'tadigan, uyga vazifa tekshiradigan, loyihalarda ishlashni o'rgatadigan va suhbatga tayyorlaydigan "senyor" dasturchilar, o'quv dasturini ishlab chiqadigan ustozlar daromadsiz sizlar uchun vaqt ajratadilar. Ushbu eslatma tinglovchi qanday kursda ta'lim olayotgani va ularga sarflanadigan resurslarni qadriga yetishi hamda ustozlarga bo'lgan hurmatni hech qachon yo'qotmasligi shart ekanligini bildiradi. Tinglovchilarga sifatli ta'lim berish maqsadida ustozlar tarkibi kompaniya dasturchilari ichidan saralab olinadi. Barcha ustozlarning bilim berish saviyasi yuqori bo'lgani sababli grant kurs davomida tinglovchilar har xil ustozlarda ta'lim olishlari mumkin. Tinglovchi tomonidan ustozlarga nisbatan tajavuzkorlik yoki agressiv harakatlar kuzatilgan holatlarda tinglovchi tushuntirishlarsiz kursdan chetlatiladi hamda yetkazilgan zarar O'zbekiston Respublikasining belgilangan qonunchiligiga binoan chora ko'riladi.

  3. O'quv materiallari: grant kurslar o'quv materiallari Albison Akademyasi tomonidan tuzilgan va kompaniya mulki hisoblanadi. Ushbu materiallar video darsliklar, nazariy va amaliy mashqlarning elektron shakli, o'quv dasturi, uyga vazifa va yakuniy imtihonlar uchun loyihalarning barchasi kompaniya tomonidan tuzilgan bo'lib ulardan barcha tinglovchilar bepul foydalanishga haqlidir. Agar tinglovchilar tomonidan ularga taqdim etilgan o'quv materiallari jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tijorat maqsadida tarqatilayotgani ma'lum bo'lsa tinglovchi kursdan chetlatiladi hamda O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga binoan mualliflik huquqini buzganlik bo'yicha jazo qo'llaniladi. Izoh: biz hech qachon sifatli ta'lim berib, ularni ish bilan ta'minlay oladigan grant kurslar ochilishiga va bizning o'quv materillarimizdan foydalanishiga qarshi emasmiz. Lekin ba'zi hollarda tinglovchilarimiz dasturlash kursini to'liq tugatmasdan o'quv markazlarida bizning o'quv materiallarimizdan foydalangan holda ta'lim berishlari kuzatilmoqda. Shu sababdan o'quv materiallaridan faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanishingiz maqsadga muvofiq.

  4. Halollik va rostgo'ylik: dasturlash kurslarini o'rganishni boshlagan har bir tinglovchi dars jarayonidan tashqari o'rganish jarayoni uchun javobgar. Albison Akademyasi dars berish tizimi ham ishonch asosida yaratilgan bo'lib, biz har bir tinglovchi dars jarayonida va darsdan tashqari beriladigan har bir topshiriqni o'zi bajarishiga ishonamiz. Uyga vazifa, oraliq va yakuniy imtihonlar har doim tinglovchi tomonidan bajarilishi va boshqa kurs tinglovchilardan ko'chirmasligi talab etiladi. Topshiriqlarni har qanday ko'rinishda qisman yoki to'liq ko'chirish holati aniqlanganda ko'chirgan va ko'chirtirgan tinglovchi kursdan chetlatiladi. Izoh: Hech qachon ta'lim olish jarayonida ustozlarga yolg'on gapirishga yoki firibgarlik qilishga urinmang. Biz o'zimiz bergan topshiriqdan yoki boshqa tinglovchidan ko'chirganingizni albatta aniqlaymiz.

  5. Barqarorlik va tinimsiz mehnat: darslarga muntazam qatnashish va uyga berilgan topshiriqlarni to'liq bajarib borish bu dasturlashni mukammal o'rganishingiz garovi. Agar tinglovchi har xil fors-major jumladan betob bo'lib qolish, oilaviy sabablarga ko'ra kela olmasligi ma'lum bo'lsa Albison Akademyasi ma'muriyatini oldindan ogohlantirishi talab etiladi. Bunday holatda keyingi qatnashadigan darsida qolib ketgan uyga vazifani topshirishi va o'quv dasturidan qolib ketmaslik uchun videodarsliklardan foydalanishi mumkin. Tinglovchi uch martadan ko'p sababsiz dars qoldirish yoki uyga vazifani bajarmasligi kursdan chetlatilishiga olib keladi. Barcha darslar bir-biriga bog'liq bo'lgani uchun tinglovchilar o'quv dasturini to'liq o'zlashtirib borishi talab etiladi. Faqat shundagina yakuniy imtihonlardan o'ta olish imkoniyati bo'ladi. Tinglovchi Albison Akademyasi tomonidan beligilangan oraliq imtihonlardan o'ta olmasa bilim darajasiga mos boshqa guruhda grant asosida ta'lim olishi uchun faqat bir marta imkoniyat beriladi. Barcha tinglovchilar kurs davomida Albison Akademyasi tomonidan tuzilgan dars jadvaliga muvofiq onlayn yoki oflayn ta'lim olishlari mumkin. Guruhdagi tinglovchilarning o'quv dasturini o'zlashtirishiga qarab kurs davomiyligi kompaniya tomonidan uzaytirilishi va dars jadvaliga o'zgartirish kiritilishi mumkin. Tinglovchi Albison Akademyasi tomonidan taqdim etilgan dars jadvaliga muvofiq ta'lim olishi shart. Har bir tinglovchi dasturlash kursini yakunlab ishga kirishi shart. Dasturlash kursni yakunlamasdan tashlab ketgan tinglovchi unga ajratilgan grantni yo'qotadi. Izoh: Kursni yakunlab kompaniyamizga ishlab berishingiz yoki oyligingizdan berishingizni talab qilmaymiz.

    Bizning asosiy maqsadimiz Albison Akademiyasida ta'lim olib, kursni bitirgan har bir talaba dasturlashda o'z o'rnini topishidir.
instagramtwitterinstagraminstagramphone